Duglas Kosta, Shupo-Moting va Sarr "Bavariya" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
5 okt 2020, 15:52
"Bavariya" tez orada uch o'yinchining transferini e'lon qiladi.

PSJ sobiq hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting Myunxen klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi.

"Marsel" himoyachisi Buna Sarr tibbiy ko'rikdan o'tadi, shuningdek "Yuventus" vingeri Duglas Kosta ham (u Turinda "Bavariya" shifokorlari kuzatuvi ostidan ko'rikdan o'tadi).

Xabarlarga ko'ra, Sarrning transferi "Bavariya"ga 10 million evroga tushadi. Shupo-Moting erkin agent maqomida, Duglas Kosta esa xarid qilish huquqisiz ijara asosida Myunxen jamoasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mano_bonke