

"Har kuni Gvardiola bilan o'tkazayotgan vaqtimdan nimanidir o'rganib olaman. Gvardioladan doimo nimadir yangilik o'rganib olish mumkin. Men bu erga kelganimdan buyon Gvardiola bilan umuman muammoga duch kelganim yo'q. Biz juda yaxshi munosabatdamiz. Ukrainada o'zimni juda yaxshi his etganman. Lekin sportchi sifatida shuni ayta olamanki, Myunxenda o'tgan 5 oy ichida "Shaxtyor"da 5 yilda o'rganganlarimdan ko'proq narsa o'zlashtirdim. Futbolchi sifatida katta o'sishga erishdim", - deydi Kosta.



