“Dubai Cup”. O'zbekiston dastlabki o'yinda Saudiyaga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2022, 20:12
BAAda o'tkazilayotgan “Dubai Cup” turnirining ilk turida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keldi.

Saudiya vakili Abdulloh Hamdamning dubli uchrashuv taqdini hal qildi. Saudiyalik hujumchi birinchi taymda ikkita to'p kiritdi.

Saudiya Arabistoni 2:0 O'zbekiston

Gollar: Abdulloh Hamdam 25', 39'.

O'zbekiston U-23 tarkibi: Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Shahzod Toirov, Saidazamat Mirsaidov, Doston Tursunov, Abubakir Turdaliev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasurbek Jaloliddinov, Otabek Jo'raqoziev, Ulug'bek Hoshimov, Husayn Norchaev

Temur Kapadze shogirdlari ikkinchi turni 25 mart kuni mezbon BAAga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia