Drogba Mbappeni tanqidlardan himoya qildi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2024
Dide Drogba francuzlarning "Real"ning yosh hujumchisi Kilian Mbappega bo'lgan munosabatidan noroziligini bildirdi.

"Unga nisbatan noshukurlikning bu to'lqinini ko'rib, hayron qoldim. U Fransiya uchun ko'p ish qilgan odam.

U ikkinchi yulduzga hissa qo'shgan va ikki yil oldin Fransiyani deyarli uchinchi yulduzga olib kelgandi. Bugun esa uning ustidan kulishyapti. Bu bizning sportimiz qonuni", – dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli hujumchi "Real"ga "shovqinli" o'tishidan so'ng mavsumni unchalik yorqin o'tkazgani yo'q. Uning "Real" safidagi so'nggi 11 o'yinida bor-yo'g'i 3 ta gol bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport