Drinkuoter 3 ta o'yinga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2016, 20:50
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Lester" futbolchisi Deniel Drinkuoterni raqibga tirsak bilan zarba bergani uchun uchta o'yinga chetlatdi.
Drinkuoter APL 12-turida "Uotford"ga qarshi o'yinda Bexramiga tirsagi bilan zarba bergandi.

FA bayonotida takidlanishicha, ushbu holat o'yin vaqtida sezilmagan. Keyinchalik videotakrorlar yordamida aniqlangan.

Endi Angliya terma jamoasi futbolchisi 3 ta tur davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA