Draksler PSJdan kyetish haqidagi fikrini o'zgartirdi

Alisher
14 may 2020
Germaniyalik futbolchi "Park de Prens"da qolmoqchi.

PSJ vingeri Yulian Draksler yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirmoqchi emas.

Xabarlarga ko'ra, Draksler parijliklar bilan tuzilgan shartnomani so'nggiga qadar klubda qolmoqchi. Yulianning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, Draksler PSJning "Inter" bilan bo'ladigan bitimi doirasida "Inter"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi, ammo milanliklarga bunday variant yoqmadi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato