Draksler Bundesligaga qaytishi mumkin

Alisher
16 avg 2021
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler Bundesligaga qaytishga yaqin.

O'yinchiga "Bayer" qiziqish bildirmoqda.

Nemis klubi parijliklar bilan Drakslerning transferi borasida muzokaralarni boshladi va 20 million evro taklif qildi.

Yarim himoyachining o'zi yaqinda shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi va uning Leverkuzen jamoasiga o'tish yoki o'tmasligi noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Draksler 2017 yilda PSJga "Volfsburg"dan 36 million evro evaziga o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker