Dragan Cheran: "G'oliblik ruhi g'alabada muhim rol o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
20 dek 2020, 19:01
"Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran bugun finalda AGMK darvozasiga ikkita gol urdi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

Uchrashuv yakuniga etgach final qahramonlaridan biri Dragan Cheranning fikrlari bilan qiziqdik.

"Dastlabki daqiqalarda ishonchsiz harakat qila boshladik. Chamasi 10-15 daqiqadan so'ng esa barchasi joyiga tushdi va biz o'zimiz istagandek o'ynadik deya olaman. O'yinni nazorat qildik va zarur pallada gol urganimiz bizga foyda berdi. Shu tariqa uchrashuv oxiriga qadar ustunlikni o'z tomonimizda ushlab turishni uddasidan chiqdik desam noto'g'ri bo'lmaydi. Beshta gol bilan O'zbekiston kubogi tarixidagi to'purar Anvar Solievga yetib olganimni endi sizdan eshitmoqdaman. Bu albatta yoqimli holat. G'alabadagi asosiy omil jamoamizdagi g'oliblik ruhiyatidir",- deydi Dragan Cheran.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia