Dovbik A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tishga yaqin

Khoja
29 avg 2025
"Roma" hujumchisi Artem Dovbik faoliyatini A Seriyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

Hujumchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ayni vaqtda muzokaralarni davom ettirishmiqda. "Milan" ukrainalik hujumchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

Ushbu transferga "Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini rozilik bergan. Sababi Dovbik murabbiyning kelajakdagi rejalaridan o'rin olmagan.

O'tgan mavsum hujumchi 47 ta uchrashuvda 17 ta gol urgan va yana 4 ta golga assist bo'lgan. Transfermarkt nashri hujumchini 30 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com