Dostonbek Hamdamov terma jamoada ilk bor dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2021, 21:03
O'zbekiston milliy terma jamoasi Amman shahrida Malayziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda.

Birinchi taymdan keyin hisob 3:1, vakillarimiz foydasiga.

O'yindagi dastlabki ikki golni Dostonbek Hamdamov raqib darvozasiga urdi.

Shunday qilib, Hamdamov terma jamoa tarkibida ilk bor dublga erishdi.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi 2019 yil Qirg'iziston va 2020 yil Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida terma jamoa safida gollar urgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia