Doston Meliqo'ziev: "Mehnat qilishdan to'xtamayman"

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2016
“Qo'qon-1912” jamoasiga mahalliy murabbiy No'mon Xasanov bosh murabbiy bo'lgach Qo'qonlik yosh iqtidorlarga jiddiy etibor bermoqda.

“Buxoro” jamoasi bilan bo'lgan kubok bahsida yana bir yosh Qo'qonlik futbolchi  Dostln Meliqo'ziev  oliy ligadagi debyutini o'tkazdi.  Biz o'yin yakunlangach yosh hujumchini dastlabki o'yinidan olgan taassurotlarini so'radik.

- Avvalo barcha muxlislarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bosh murabbiyimiz No'mon Xasanovga menga ishonch bildirganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. “Buxoro” tarkibida ancha nomdor futbolchilar bor. Albatta katta tajribali va nomdor futbolchilar bilan birga maydonda harakat qilish menga zavq berdi. O'z ustimda tinmay ishlab , murrabbiy va muxlislarimiz mehrini qozonishga harakat qilaman.

Ilk o'yinimda g'alaba qozonishimizni judayam hohlagan edim. Biroq bizga ozgina omad yetishmadi. Lekin bizda hali kubok o'yinlarida yarim finalga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. Albatta javob bahsi yanada qiziqarli bo'ladi - deydi Doston Meliqo'ziev.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia