Doston Meliqo'ziev: "Kelasi yil asosiy tarkibga kirishga harakat qilaman"

Narzulla Saydullayev
22 noya 2016, 11:32
Yoshlar ligasining so'nggi turida “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari o'z maydonlarida, “Olmaliq” o'rinbosarlar tarkibini qabul qilishdi.

Uchrashuvda Qo'qonliklarning yosh hujumchisi Dostonbek Meliqo'ziev xet-trik qayd etdi. O'yindan so'ng Doston Meliqo'ziev o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

-  Ob-havo noqulay bo'lishiga qaramay juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Biz o'z maydonimizdagi so'nggi o'yinni yuqori kayfiyatda tugatish uchun harakat qildik. Uchta gol urganimdan judayam xursand  bo'ldim. Jamoadoshlarimga rahmat bugun to'p bilan yaxshi taminlashdi. Gollarda barchani hissasi bor. Kelajakda o'z ustimda  yanada ko'proq ishlab , murabbiylarimiz ishonchini oqlashga va asosiy tarkib futbolchisi bo'lishga harakat qilaman – deydi Dostonbek Meliqo'ziev.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia