Doston Abdurahmonov "Olmaliq"qa qaytdi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2015, 12:00
2015 yilgi mavsumni ikkita klubda o'tkazgan yarim himoyachi "Olmaliq"qa qaytdi.

Doston Abdurahmonov ayni paytda Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Hozircha uning "Olmaliq"da qolishi ma'lum emas. Yarim himoyachi bu yilni "Mashal" safida boshladi va birinchi davrada 9ta o'yinda maydonga tushdi. Yozda Navoiyning "Qizilqum" klubiga ko'chib o'tgan futbolchi bu jamoada 4ta o'yinda qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, Abdurahmonov 2008-2014 yillarda "Olmaliq" sharafini himoya qilgan.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia