Dortmundning "Borussiya"si Jekson Martinesni sotib olmoqchi

Fichajes.net nashrining xabar berishicha Dortmundning "Borussiya" klubi "Bavariya"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib turgan Robert Levandovskiga o'rinbosar topdi.

Dortmundliklar "Portu"ning kolumbiyalik hujumchisi Jekson Martinesni sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq bu futbolchi uchun ham ular yana o'sha "Bavariya" bilan kurash olib borishlariga to'g'ri keladi.

Bu ikki nemis klubidan tashqari, Angliyaning "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari ham Martinesga qiziqish bildiryapti.


Manba: football.kulichki.net