

Futbolchining "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. "Qizil-qoralar" o'z tarbiyalanuvchilari bilan shartnomani uzaytirishga va maoshini 8 mln evroga qadar ko'tarishga tayyorlar. Ammo italiyalik 12 million xohlamoqda.
Yevropa klublaridan biri o'yinchining agentiga uning moliyaviy talablarini qondira olishini bildirgan.
Bu PSJ klubi bo'lishi mumkin. Parijliklar Donnarummaga Keylor Navasning uzoq muddatli o'rinbosar sifatida qarashmoqda.



