Donnarumma: "Parijga futbol o'ynash uchun keldim"

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 19:39
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma francuz klubidagi o'rni haqida gapirdi.

"Klubda amaliyot yo'qligi tufayli terma jamoadagi o'rnimni yo'qotishdan xavfsiraganim yo'q. Men Parijga futbol o'ynash uchun keldim. Lekin sekin-sekin moslashayotganim ham maqul. Ishonchim komilki, tez orada hammasi yaxshi bo'ladi. Terma jamoa bilan hech qanday muammo yo'q", - deyd Donnarumma.

22 yoshli Donnarumma PSJga yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Ilgari u "Milan" sharafini himoya qilgan. Fransiya chempionatining joriy mavsumida darvozabon uchta uchrashuvda qatnashib, uchta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia