Donnarumma: "Nega ular meni o'ldirishadi? Men "Milan"dan ketmoqchiman deb aytmadim"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 18:45
Rossonerlar bilan shartnomani uzaytirishni istamagan "Milan" posboni Janluiji Donnarumma klubni tark etishni istayotgani haqida hech qachon gapirmaganini aytdi.

18 yoshli posbon bilan kelishuv 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

"Men hech narsa qilganim yo'q. "Milan"ni tark etish niyatim borligini hech qachon aytmaganman. Nega ular meni o'ldirishadi?" - deydi Donnarumma.

Oldinroq Donnarumma 2017/18 mavsumda ham "Milan"da qolishini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica