Donnarumma "Milan" oldiga shart qo'ymoqda

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
"Milan" posboni Janluijji Donnarumma faqatgina bir shart evaziga klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, posbon shartnomasini uzaytirish uchun yiliga 6 mln evro maosh istamoqda. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

Uning xizmatlariga "Chelsi" va PSJ tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

Posbon "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Milan"da 2013 yildan buyon harakat qilmoqda. Asosiy jamoada u 16 yoshida, 2015 yilda debyut qilgan.

Donnarummaning transfer narxi 55 mln evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport