Doniyor Abdumannopov: "Turnirdagi eng kuchli raqibni mag'lub etdik"

Оқил Абдубарноев
3 sen 2022
Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Doniyor Abdumannopov g'alaba taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun qiyin o'yinda g'alabaga erishdik. "Paxtakor" kuchli jamoa edi va ushbu raqibga qarshi kurash olib borish mashaqqatli tarzda o'tishini bilardik. Superliga doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yinni ko'rib chiqdik hamda kamchiliklarini o'rgandik. Bugun g'alaba qozonishimizga raqibni yaxshi o'rganganimiz sabab bo'ldi, deb ayta olaman. O'ylashimcha, turnirdagi eng kuchli raqibni mag'lub etdik. Kelgusi bahslarda ham mana shu ruhda davom etishga harakat qilamiz", dedi Abdumannopov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia