Don Balon: Ikardi "Manchester Yunayted"da o'ynashni istamoqda

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 14:14
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Don Balon" xabariga ko'ra, 25 yoshli argentinalik futbolchi 2019 yilning yozida ushbu klubga o'tishni istamoqda.

Oldinroq Ikardi "Real"ning short-listida ekanligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Ikardi 2013 yildan buyon "Inter"da o'ynamoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Bu mavsumda hujumchi A Seriyaning 14 o'yinida 9 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon