Championat.asia sayti vakilining Oston O'runov haqida bergan savoliga Domeniko Tedesko qanday javob berdi?

Narzulla Saydullayev
29 avg 2020, 22:40
Rossiya premer-ligasining 6-turidan o'rin olgan "Spartak" - "Arsenal Tula" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ayni paytda Moskva shahrida bo'lib turgan saytimiz asoschisi Gayrat Xasbiullin matbuot anjumanida "Spartak" ustozidan Oston O'runovning debyuti haqida qanday fikrdasiz deb savol berdi. Bosh murabbiy unga quyidagicha javob berdi: 

"Oston bugun yaxshi debyut qildi. Boshida u biroz hayajonlangani sezildi. Bu tabiiy hol, bunday katta klubda, katta stadionda, ko'plab muxlislar qarshisida, kerak bo'lmagan joylarda bir necha bor to'p yo'qotdi. Keyinroq o'z o'ziga keldi. U hali yosh ekanligini unutmang, jamoaga ham, biz namoyish etayotgan o'yinga va taktikamizga moslashishi kerak. Unga hech qanday bosim qilinmayapti. Yosh futbolchiga bosim qilmaymiz ham. Ishlashda davom etamiz va barchasi yaxshi bo'ladi deb umid qilamiz".

Eslatib o'tamiz, O'runov uchrashuvning 69-daqiqasida Gus Tilning o'rniga maydonga tushdi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia