Domenek Fransiyaning Evro-2016dagi muvaffaqiyatiga ishonmaydi

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2015, 21:32
Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek vatandoshlarini keyingi yili bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida favorit sifatida ko'rmayapti.
"Realist bo'lishimiz kerak. Bizda kuchli jamoalarda asosiy tarkibda o'ynaydigan futbolchilar bor. Benzema, Grizmann, Pogba, Matyuydilar shular jumlasidandir. Biroq, bu turnirda g'alaba qozonish uchun bu kamlik qiladi. Muvaffaqiyat uchun butun boshli jamoada mana shunday futbolchilar bo'lishi kerak.

Bundan tashqari jamoaning haqiqiy yetakchisi ham bo'lishi lozim. Ayni paytda Zidan yoki Deshamni o'rnini egallaydigan biror nomzod ko'rmayapman", - deydi Domenek.".

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru