Diyor Xolmatov va yana bir futbolchi "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2024, 15:14
"Paxtakor" klubining Turkiyadagi yig'ini davom etmoqda.

"Diyorbek Xolmatov va Muhammadqodir Hamraliev Osiyo Kubogidan keyin "Paxtakor" yig'iniga qo'shildi.

Ertaga "sherlar" navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Qozog'istonning "Atirau" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol Hojiakbar Alijonovning sog'lig'i. Tez kunlarda himoyachi safga qaytadi, ayni paytda u klub nazoratida", - deb yozadi "Paxtakor" klubi matbuot xizmati. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia