Diyor Xolmatov Italiya A Seriyasiga o'tadimi? Futbolchining agenti javob berdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2024, 18:18
Kecha O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Diyor Xolmatovga Italiyaning "Empoli" klubi qiziqayotgani haqida xabar chiqqandi.

"Biz futbolchining agenti bilan bog'landik va xabarga oydinlik kiritishni so'radik: "Albatta Diyor Xolmatovga doim qiziqish bo'lgan. Bu qiziqish ayniqsa O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan keyin kuchaygani rost. Xolmatovga Italiya klubi qiziqmoqda degani u ketadi degani emas. Ayni paytda Diyor bor e'tiborini "Paxtakor" klubidagi faoliyati va bo'lajak U-23 Osiyo kubogiga qaratmoqda. Futbolchining "Paxtakor" bilan yana 2 yillik shartnomasi mavjud", - deydi Diyor Xolmatovning agenti.



Shahboz Beg'amov Diyor Xolmatovni Italiyaning qaysi klubida kutishayotganini aytdi          

"Paxtakor" klubi xodimi: "Futbolchimizning Italiya A seriyasiga o'tayotgani haqidagi xabarlarda asos bor, lekin..."    

Abbosbek Fayzullaev "Bavariya"ga o'tadimi? 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia