Diyor Xolmatov: "Durang rejasi? Yo'q, biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2025, 23:56
"Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin "sherlar" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov ertangi o'yin haqida fikr bildirdi.

- Ar Riyodga yetib kelish va ertangi bahs haqida nima deya olasiz?

- "Al Hilol"ga qarshi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, ertangi uchrashuvda chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz.

- Birinchi o'yindagi natija ko'pchilikni hayron qoldirdi? Futbolchilarchi?

- Bizda ham shunday bo'ldi. Ertaga ham bu ishni davom ettirishga harakat qilamiz.

- Bir hafta davomida tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi? Birinchi uchrashuvdan keyingi natija jamoaga qo'shimcha ruhiyat bag'ishlayaptimi?

- Albatta, g'alaba qozonish xohishi yanada oshgan. Ertaga bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

- Ertaga nafaqat g'alaba, balki durang ham jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi. Rejada durang ham bormi?

- Yo'q, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia