

Bir qator futbol ishqibozlarining yoqimtoyi sanaladigan mazkur futbolchi “Loko” matbuot xizmatiga yangi jamoasiga o'tishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Lokomotiv” jamoasi vakillari taklif bilan chiqishdi va bu chorlovni “Labbay!” deya qabul qildim. Mana bugun ilk mashg'ulotda ishtirok etishga ham ulgurdim. Meni barcha yaxshi kutib oldi. Bundan juda ham xursandman. Endilikda “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatlariga o'z xissamni qo'shish uchun harakat qilaman. Jamoa oldida mamlakat chempionligini munosib himoya qilish va Osiyo chempionlar ligasida yanada muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi turibdi. Umid qilamanki, mana shu vazifalarni uddalanishida mening ham ulushim bo'ladi, - deydi yarim himoyachi.




