Diogu Jota: "Mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlashimiz mumkin. Agar..."

Aslanov Jasurbek
4 apr 2021, 09:15
"Liverpul" futbolchisi Diogu Jota "Arsenal" (3:0)ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yinni nazorat qildik. Raqibga to'pni egallashga imkoniyat bermadik, deya olaman. Futbolda asosiysi gol urish. Biz buni uddaladik va uchta to'p kiritdik. Ushbu g'alaba bizga ishonch bag'ishlaydi.

Qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonsak mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlashimiz mumkin. Biz o'zimiz haqimizda o'ylashimiz kerak",- deydi Jota.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia