Diogu Dalot: “Milan” mavsumdagi birinchi maqsadiga erishdi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2020, 08:35
“Milan” himoyachisi “Sparta”ga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan bahsdan so'ng (1:0) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Raqib musobaqa bilan xayrlashgandi. Biroq bizda g'alaba qozonish xohishi hamon bor edi. Yaxshi o'ynadik, oxirigacha kurashdik deb o'ylayman, shuning uchun ham g'alabaga erishdik va guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritdik. Biz bu erga g'alaba uchun kelganimizni bilardik, biroq boshqa o'yin natijasini ham kutishga majbur edik. “Seltik” yutdi va “Milan” guruhni 1-o'rinda yakunladi. Mavsumdagi birinchi maqsadimizga erishdik”, - deydi Diogu Dalot.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA