"Dinamo"ni Superligaga olib chiqqan murabbiy endi "Buxoro"da ishlaydi

Alisher
18 dek 2021, 12:51
Bugun "Buxoro "professional futbol klubi anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Botirjon Shaxriyorov, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi masul hodimi va viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ismoil Mirzaevlar ishtirok etishdi. 

Yig'ilish davomida Buxoro jamoasiga bosh murabbiy etib tajribali mutaxassis Fuzaylov Hakim Qayumovich tayinlandi. Murabbiylik faoliyatini aynan Buxoroda boshlagan Hakim Qayumovich oldiga, yangi mavsumda Superligaga chiqish vazifasi qo'yildi. Xabaringiz bor ushbu Pro liga mavsumida Dinamo jamoasi Hakim Qayumovich boshchiligida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Shuningdek yig'ilishning yana bir masalalardan biri yani Buxoro futbol klubining yangi mavsumda qanday nom ostida to'p surishi kerakligi haqida so'z bordi. Ushbu masalasa yuzasidan barcha yig'ilish a'zolari fiklarini o'rganilib, shuningdek barcha hujjatlar va davlat ro'yxatida jamoa Buxoro professional futbol klubi nomi ostida qayd etilganini inobatga olib kelasi mavsumdan barcha musobaqalarda jamoa Buxoro nomi ostida davom ettirishi yig'ilish bayonnomasiga kiritildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати