"Dinamo" xorijda yig'in o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2025
Superliga 15-turi doirasidagi Dinamo - Nasaf (2:2) uchrashuvidan keyin Dinamo jamoasi qisqa tatilga chiqdi.

Birinchi davrani muvaffaqiyatli o'tkazgan Vadim Abramov shogirdlari bir haftalik dam olishdan keyin 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi. Dinamo jamoasi yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni hamda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Xorij yig'ini doirasida Samarqand jamoasi 4ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko'zlangan. Raqib jamoalar va nazorat o'yinlari sanasi haqida yig'in boshlangach ma'lumot beriladi. Dinamo 12 kunlik yig'indan 26 iyul kuni qaytadi.


Ma'lumot uchun, Dinamo Superliga 2-davrasining dastlabki o'yinida 2 avgust kuni Samarqandda Navbahorni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати