"Dinamo" Vadim Abramovning faoliyatidagi ettinchi klub

Iskandarov Abdulaziz
9 avg 2022
Vadim Abramovning "Dinamo" bosh murabbiy sifatida e'lon qilinganidan xabaringiz bor.

Samarqand shahri jamoasi Vadim Abramov uchun faoliyatidagi ettinchi klub hisoblanadi. Murabbiy bunga qadar NBU-Osiyo, "Traktor", "Lokomotiv", "Astana", "Neftchi", "Bunyodkor" jamoalarini boshqargan. "Lokomotiv" bilan chempionatda kumush medallari va mamlakat kubogi, Superkubogiga ega chiqqan. "Bunyodkor" bilan 2019 yil bronza medallarini qo'lga kiritgan.

2006-2008, 2011-2012 yillarda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi, 2010-2012, 2019-2021 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia