"Dinamo" nazorat o'yinida Rossiyaning 3 karra chempioniga yirik hisobda yutqazdi

Tolibjon Qosimov
14 fev 2026, 15:28
O'zbek klublari bo'lajak mavsumga xorijda tayyorgarlik olib borishda davom etishmoqda.

Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" biroz avval BAA mamlakatida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Unda ruslar 4:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" bundan avval Rossiyaning boshqa grandlari "Zenit" (0:1) hamda SSKA (4:3) bilan ham o'zaro kurash olib borgan edi.

O'rtoqlik o'yini

14 fevral, Abu-Dabi 

"Lokomotiv" (Rossiya) - "Dinamo" 4:0

Gollar: Sergey Pinyaev 10, 14, Komlichenko 19, Timofeev 30

"Lokomotiv": Lantratov, Ramires, Pogostnov, Morozov, Chevardin, Timofeev, Shetinin, Sarveli, Pinyaev, Bakaev, Komlichenko.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Veselov, Godyaev, Myalkovskiy, Saltikov.

"Dinamo": Edem Nemanov, Mauro Brazil, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Xislat Halilov, Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Behruzbek Obloqulov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Ulug'bek Hoshimov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Mahamadu Dembele, Ulug'bek Abdullaev, Salim Mustafoev, Dramane Salou, Til Mavretich, Bektemir Abdumannonov, Akbar Xudoyberdiev, Abdulahad Hoshimov, Firdavs Abdurahmonov, Anvarjon Hojimirzaev.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia