Ertaga PRO-liga uchrashuvi Sport TVda to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2018, 12:44
Xabaringiz bo'lsa kerak, ertaga PRO-Liganing A guruhida 33-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Mazkur turda muxlislarni bir qator qiziqarli bahslar kutib turibdi. Xususan, Samarqandda mahalliy Dinamo jamoasi o'zi kabi Superliga yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib borayotgan Istiqlol jamoasini qabul qiladi.

Murosasiz va jangavor ruhda o'tishi kutilayotgan mazkur to'qnashuvni Sport telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Dinamo - Istiqlol uchrashuvi ertaga soat 15:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia