"Dinamo" himoyachisi "Navbahor"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2020, 10:15
Namanganning "Navbahor" klubi o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Mirkomil Loqaev "lochinlar" bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma tuzgan. Futbolchi 2019 yilgi mavsum Superligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda transfer oynasi 7 mart kuni yopiladi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia