"Dinamo" futbolchilarida maosh bo'yicha muammo borligi tasdiqlandi

Mirjalol Normatov
6 mar 2026, 21:52
"Dinamo" bugun Superliganing 2-turi doirasida "Bunyodkor" maydonida 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu uchrashuv yakuniga etganidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida jamoa futbolchilari 4 oydan buyon maosh olmayotganini tasdiqladi. Matbuot anjumani to'liq holda keyinroq taqdim qilinadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq maosh muammolari sababli "Surxon" 2-turda "Neftchi"ga qarshi o'yinni yoshlar bilan o'tkazgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia