"Dinamo" bilan o'yinga boradigan jizzaxlik muxlislar diqqatiga!

Tolibjon Qosimov
16 may 2015, 10:49
Bugun Oliy liga 9-tur doirasida "Dinamo" hamda "So'g'diyona" jamoalari o'zaro bellashadilar.
Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borish uchun Samarqandga yo'l olgan jizzaxlik futbol ishqibozlari maydonga "Dinamo" sport majmuasi tomondan 13-sektorga joylashishlari mumkin. "So'g'diyona" klubi matbuot xizmatining bizga ma'lum qilishicha, mezbonlar mehmon jamoa muxlislariga aynan 13-sektorni ajratishgan. Uchrashuv 17:30 da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia