"Dinamo" belaruslik futbolchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024
"Dinamo" klubi Superliga yangi mavsumi oldidan yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

"Jamoamizning Abu-Dabidagi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan belaruslik Artyom Sokol "Dinamo" bilan bir yillik shartnoma tuzdi", – deyiladi xabarda.



29 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumni "Surxon" safida o'tkazib, Superligada 17 o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, ungacha Belarusning "Gomel", "Energetik-BGU" va "Torpedo" klublari sharafini himoya qilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати