

"Goal"ning yozishicha, MYU bilan uzoq yillik shartnomasi bor darvozabon "Old Trafford"da ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois, boshqa jamoaga ijaraga berilishi kutilmoqda. Uning o'rnida ikkinchi darvozabonlik vazifasini qishdan yana Serxio Romero bajarishi kutilmoqda. Xenderson ushbu mavsumda 3 o'yinda qatnashdi.
Xendersonga "Seltik" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Klubdagilar unga 6 oylik shartnoma va muntazam o'yin amaliyotini taklif qilyapti.



