Din Xenderson: “Bu haqida butun umr orzu qilgandim”

MYU posboni Angliya Liga Kubogi doirasida “Luton Taun”ga (3:0) qarshi bahsda klub safida debyut qildi.

Uchrashuvdan so'ng Din quyidagilarini yozib qoldirdi:

“Bu haqida butun umr orzu qilgandim. Sevimli klubing safida debyut qilish esa qoyilmaqom his-tuyg'u. “Quruq o'yin” va g'alaba”, - deya yozadi Din Xenderson.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli posbon o'tgan mavsumni ijara asosida “Sheffild Yunayted”da o'tkazgan edi.


Manba: Twitter/@DeanHenderson