Din "Everton" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
4 yanv 2021
Fransiyalik himoyachi Lyuka Din "Everton" bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin.

Tomonlar muzokara o'tkazishdi va yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishildi. Mersisaydliklar 27 yoshli o'yinchiga yuqori maosh bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishdi.

Din 2018 yildan beri "ko'klar" sharafini himoya qiladi.

Futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo