Dilyaver Vaniev: “Muhimi, chempionatda o'zimizni ko'rsatishimiz kerak”

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014, 17:16
Bugun bo'lib o'tgan PFL Kubogi finalida “Mashal” birinchi liganing yangi vakili “Obod” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan so'ng muborakliklar sardori Dilyaver Vaniev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

“O'yin biz uchun qiyin o'tdi demagan bo'lardim. “Obod” yangi jamoa bo'lgani uchun astoydil qarshilik ko'rsatishga harakat qildi, ammo tajriba baribir o'z so'zini aytib, raqib ustidan g'alaba qozondik. PFL Kubogi biz uchun tayyorgarlikning asosiy bosqichini o'tab berdi. Musobaqadagi o'yinlar orqali murabbiylarimiz bir nechta futbolchilarni ko'zdan kechirib olishdi. Albatta, har bir musobaqada g'alaba qozonish yoqimli, lekin biz uchun asosiysi bu emas. Muhimi, chempionatda o'zimizni ko'rsatishimiz kerak”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia