Dilshod Sharofetdinov "T-Tim" klubida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016
O'zbekistonlik yarim himoyachi faoliyatini yana Malayziyada davom ettiradi.
O'z vaqtida Malayziyaning "Sime Darbi" klubida faoliyat olib borgan futbolchi keyinroq "T-Tim" klubida o'ynadi. Yozda yurtimizga qaytgan Sharofetdinov "Dinamo"da yarim yil to'p tepdi.

Mavsumoldi yig'inlar vaqtida Sharofetdinov "Buxoro" klubi mashg'ulotlarida qatnashib turgandi. Kuni kecha futbolchi faoliyatini yana "T-Tim" klubida davom ettirishi ma'lum bo'ldi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia