

Ushbu turnirda O'zbekiston o'smirlar termasidan tashqari Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi.
Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.




