Dilshod Irsaliev: "Guruhdagi ilk o'yin juda muhim hisoblanadi"

Narzulla Saydullayev
20 may 2016, 15:37
Futzal bo'yicha Jahon chempionatiga qur'a tashlangach O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Dilshod Irsalievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Jahon chempionatida kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. Guruhimizga kuchli raqiblar tushdi. Lekin guruhdan chiqishga urinamiz. Imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Portugaliya juda kuchli jamoa, Kolumbiya mundial mezboni, Panama haqida to'g'risi hozir hech nima bilmayman. Menimcha eng birinchi o'yin biz uchun juda muhim sanaladi", - deydi Dilshod Irsaliev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mundial mezboni Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalari bilan "A" guruhidan o'rin oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia