Dilmurod Shavkatov: "Maqsad – chempionlik"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022
Futzal bo'yicha Oliy liga bahslarining 2-tur bahslari Urganchda bo'lib o'tmoqda.

Chempionlik uchun kurashayotgan BMB o'tkazilgan uchta bahsda muvaffaqiyat qozonib, peshqadamlar qatorida joy egalladi. Xo'sh, tur yakunlari bo'yicha jamoa hujumchisi Dilmurod Shavkatov qanday fikrda?



- Dilmurod, jamoangiz 2-tur bahslarini qanday o'tkazdi?

- Jamoamiz Xorazmga faqat g'alaba uchun kelgan edi. Biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik, yani 9 ochko bilan ortga qaytmoqdamiz.

- Qaysi jamoaga qarshi bahs qiyin kechdi?

- Hech bir o'yin oson kechgani yo'q. Deylik, "Oil Star" jamoasi bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Lekin baribir biz muvaffaqiyat qozondik.

- Mavsum davomida nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Gollarim soni qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi (kuladi). To'purarlar qatorida bo'lishni xohlayman. Ammo jamoamning g'alabasi muhim ahamiyatga ega.



- Chempionlik yo'lida asosiy raqib sifatida "Jizzax-Kenteks"ni ayta olasizmi?

- Mavsum endi boshlandi. Kim bilan o'ynashimizdan qati nazar chempionlikni qo'lga kiritishni istaymiz. Jamoamizning asosiy maqsadi – chempionlik. "Jizzax-Kenteks" bilan bahslar esa murosasiz kechishi aniq.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia