Dik "Arsenal"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2017
"Arsenal" sentyabr oxirida transferlardagi muzokaralarni o'tkazadigan Dik Lou bilan xayrlashadi.

Jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerning yaqin ittifoqdoshlaridan biri bo'lgan mutaxassis oilaviy sabablarga ko'ra AQSHga qaytadi. "Arsenal" Louning o'rniga yangi mutaxassis qidirayotgani noma'lum. Klub ijroji direktori Ivan Gazidis Lou ishlarining bir qismini bo'yniga olishga tayyor.

Dik Lou so'nggi sakkiz yil davomida "Arsenal"da ishlagan. Uning asosiy muvaffaqiyatlaridan biri 2013 yilda Mesut Ozilning transferi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph