"Dijon" Rabioga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 16:05
Fransiyaning "Dijon" klubi PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabioning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidan (1:3) so'ng aytgan so'zlariga javob berdi.

"PSJ "Real"ga qarshi Chempionlar ligasida o'zini yaxshi his qilishi uchun biz barchasini bajardik. Ularning rahmati esa shunday bo'ldi" - deb yozdi "Dijon" klubi "Tvitter"dagi sahifasiga.

"Real" bilan o'yindan so'ng Rabio "Dijon"ga 8ta gol urish oson, "Real"ga esa juda qiyinligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com