Diego Simeone - PSJ bosh murabbiyligiga asosiy nomzod (L’Equipe)

Narzulla Saydullayev
14 mar 2022, 23:43
Argentinalik bosh murabbiy faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone PSJ klubini boshqarish uchun asosiy nomzod. L’Equipe nashrining xabar berishicha, klubning amaldagi ustozi Maurisio Pochettino muzlislar va OAV tomonidan bosimlar ostida qolgan va katta ehtimol mavsum yakunida o'z vazifasidan ozod etiladi. PSJ esa yangi murabbiy sifatida Zinedin Zidanni ko'rayotgan edi. Ammo Zidanning asosiy maqsadi Fransiya termasini boshqarish bo'lmoqda. Shu sabab ham Parij klubi jamoaga Diego Simeoneni olib kelmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, Diego Simeonening "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: L’Équipe