Diego Simeone: "Biz chempionlik borasida gapirmayapmiz"

20 apr 2014, 02:27
"Atletiko" ustozi Diego Simeone hali ham chempionlik borasida o'ylamayotganini aytib o'tdi.

Biz haqiqatdan ham chempionlik haqida o'ylamayapmiz. "Elche"ga qarshi o'yinda sifatli futbol  namoyish  etish va g'alaba qozonish  uchun maydonga chiqqan edik. Chempionlik haqida gapirishga hali erta. "Chelsi" bilan bo'ladigan bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bu bellashuv juda huam muhim sanaladi. Qolgan to'rtta o'yin finaldek o'tadi. Ushbu uchrashuvlarni uchchalasini safarda o'tkazamiz.Bu juda ham ko'p. Biz keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak.


Manba: sports.ru