Diego Lopes: Realni tabriklayman

Narzulla Saydullayev
21 dek 2014, 12:29
Milanda o'ynayotgan Real klubi sobiq posboni Diego Lopes Jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng Ispaniya klubini tabrikladi.
Realni g'alaba bilan tabriklayman. O'zimga kelsak, men Milanda baxtliman.

Romaga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildik, mehnat qilganimiz bilinib turdi.

Uchinchi o'rinni band eta olamizmi? Har bir turda uch ochko uchun kurashamiz. Yakunda nima bo'lishini ko'ramiz, – deydi Lopes.

Eslatib o'tamiz, Diego Lopes 2014 yil yozida Realdan Milanga ko'chib o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru